Online kurs: Oshpazlarni qayta tayyorlash kursi
- oshpazhasan
- 2 days ago
- 1 min read
Updated: 4 hours ago
Ushbu kurs tajribali oshpazlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning bilim va ko‘nikmalarini xalqaro standartlar asosida oshirishga qaratilgan. Kurs onlayn formatda o‘tkaziladi, bu esa ishlayotgan yoki uzoq hududlarda yashovchi oshpazlar uchun juda qulaydir. Mashg‘ulotlar amaliyotchi professional mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Kurs davomida sanitariya va gigiyena bo‘yicha SES mutaxassislaridan maxsus konsultatsiyalar beriladi. Shuningdek, restoran boshqaruvi, oshxona jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish va jamoa bilan ishlash masalalari o‘rgatiladi. Talabalar foydali va zamonaviy taomlar tayyorlash, ziravorlardan to‘g‘ri foydalanish sirlarini egallaydilar. Haftasiga bir marta Hasan aka bilan umumiy guruhli onlayn qo‘ng‘iroq bo‘lib, unda savollar berish va amaliy maslahatlar olish mumkin. Dastur yakunida ishtirokchilar xalqaro darajadagi sertifikatga ega bo‘ladilar. Ushbu sertifikat ISO 22000, Halol Standard va Head Chef 5★ malakasini o‘z ichiga oladi.



Comments